O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 25 mingdan oshdi
O‘zbekistonda 12-avgust kuni soat 17:00 gacha 482 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlar soni 32 465 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Shuningdek, 6 ta hududda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 016 nafari sog‘aydi. Tuzalganlarning
Ayni vaqtda koronavirus aniqlangan 32 465 nafar bemordan 25 106 nafari tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil qilmoqda.
“Hozirda mamlakatimizda 7 149 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.
Kun davomida ayni vaqtgacha 4 nafar bemor o‘limi xabar qilindi.
SSV hisobi bo‘yicha hozirgacha 208 nafar, “Daryo” hisob-kitobi bo‘yicha 217 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
