» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 20 mingga yaqinlashdi. Kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord o‘rnatildi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 20 mingga yaqinlashdi. Kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord o‘rnatildi


O‘zbekistonda 2020-yil 25-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 197 kishida koronavirus aniqlandi va infeksiya qayd etilganlar soni 19 952 nafarga yetdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

Kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Toshkent viloyatida 146 nafar, Sirdaryo viloyatida 40 nafar, Jizzax viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 16 nafar hamda Buxoro viloyatida 12 nafar, jami 359 nafar bemor tuzaldi.

Bir kunda 359 nafar bemor tuzalishi — yangi rekord hisoblanadi.

Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 10 831 nafarga yetdi va kasallikdan davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda.

“Hozirda mamlakatimizda 9 010 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

Ayni paytgacha SSV hisobi bo‘yicha 111, “Daryo” hisobi bo‘yicha 117 nafar bemor koronavirus asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют