» » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni 8 mingdan kamaydi

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni 8 mingdan kamaydi


O‘zbekistonda 11-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31747 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Kun davomida ayni paytgacha 443 kishida COVID-19 aniqlandi. Shuningdek, 11-avgust kuni 712 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi.

Toshkent shahrida 526 nafar, Toshkent viloyatida 136 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 10 nafardan, Farg‘ona viloyatida 3 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekistonda 23704 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 74 foizga yetdi. Oxirgi marta 16-iyun kuni davolanish ko‘rsatkichi 74 foiz bo‘lgan, o‘shanda koronavirus aniqlanganlar soni 5493 nafar edi. 16-iyundan keyin davolanish ko‘rsatkichi muntazam ravishda tushib, 21-iyulda 53 foizni tashkil etayotgandi.

“Hozirda mamlakatimizda 7839 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Uch hafta ichida birinchi marta kasallar soni 8000 nafardan kamaydi.

Ammo 20-iyulda 7760 nafar bemor koronavirusdan davolanayotganida ularning 1,3 foizi og‘ir ahvolda edi, hozirda esa har beshinchi (bemorlarning 21 foizi) bemorning ahvoli og‘ir.

SSV hisobi bo‘yicha 204 nafar, “Daryo” hisobi bo‘yicha 213 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют