» » Koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan Qashqadaryoda 17 kishi kasallikdan sog‘aydi

Koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan Qashqadaryoda 17 kishi kasallikdan sog‘aydi


O‘zbekistonda yana 51 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 27 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, jami 51 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Toshkentda tuzalganlarning 25 nafari erkaklar, 4 nafari ayollar bo‘lib, ularning eng yoshi ulug‘i 56 yoshda va eng kichigi 19 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, sog‘ayganlarning 13 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 3 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafardan Andijon va Namangan viloyatlaridan va 1 nafardan Toshkent, Farg‘ona va Jizzax viloyatlaridan.

Shu tariqa ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 2635 nafar bemor sog‘aydi.

5-iyunda koronavirus qaytgan Qashqadaryo viloyatida 17 kishi shifoxonalardan tuzalib chiqdi. Bungacha viloyatda oxirgi marta koronavirusga chalingan bemor 1-mayda sog‘ayib chiqqandi. COVID-19’dan tuzalganlarning 6 nafari ushbu hududdan bo‘lsa, 10 nafari Qozog‘iston, 1 nafari Turkiya fuqarosidir (11-iyun kuni viloyatda 27 nafar qozog‘istonlik va 1 nafar turkiyalik fuqaroda kasallik aniqlangandi). Ularning 14 nafari erkaklar, 3 nafari ayollar, shuningdek, eng yoshi kattasi 51 yoshda, kichigi esa 2019-yilda tug‘ilgan.

Endilikda Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning soni 23 nafarga yetdi. 24-iyun holatiga ko‘ra, koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi ushbu viloyatda 3 foizni tashkil etayotgandi.

Namangan viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning barchasi ushbu hududdan. Ularning 4 nafari erkaklar va 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 51 yoshda, eng kichigi 2019-yilda tug‘ilgan. Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 270 nafarga yetdi.

25-iyun davomida O‘zbekistonda 90 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi. Mamlakatda sog‘ayganlar soni 4775 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda ayni damda 25-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 7087 kishida kasallik aniqlanib, ulardan 20 nafari koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют