» » O‘zbekistonga xorijdan kelganlar uchun karantin muddati 7 kungacha qisqarishi mumkin

O‘zbekistonga xorijdan kelganlar uchun karantin muddati 7 kungacha qisqarishi mumkin


O‘zbekistonga epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibi yengillashtiriladi, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlari tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Daryo”ga ma’lum bo‘lishicha, yig‘ilishda xorijiy davlatlardan kelgan fuqarolarni karantinga olish muddatini 7 kungacha qisqartirish masalasi ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantinga olmaslik tartibini joriy qilish kerakligi qayd etilgan. 7 kunlik karantindan keyin testlar virus yo‘qligini tasdiqlaydigan bo‘lsa, karantindan chiqarish kerakligi ta’kidlangan.

Virus kamaygan davlatlardan kelganlarni uy karantiniga va virus kamaymagan davlatlardan kelganlarni alohida karantinga olish lozimligi ta’kidlandi.

Koronavirusli pnevmoniya bemor tuzalganidan keyin ham uning ichki organlarida og‘ir asorat qoldirishi sababli pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga kollektiv immunitet shakllanish jarayonini monitoring qilib borish uchun antitanachalar tahlilini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dastlab xorijdan kelganlarni va kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarni 14 kunlik karantinga olish tartibi joriy qilingandi. Keyinchalik karantinga olish muddati 10 kungacha qisqartirildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют