» » Avitaminozning oldini olish uchun organizmni kuzga qanday tayyorlash kerak?

Avitaminozning oldini olish uchun organizmni kuzga qanday tayyorlash kerak?


Turli kasalliklar va mavsumga xos avitaminoz, yani organizmda vitamin yetishmasligi kuzatiladigan kuz fasli ham eshik qoqib turgan bir vaqtda salomatlik bilan bogliq muammolarning oldini olish kerak. Inson organizmi va sogligi uchun muhim rol oynaydigan vitaminlarning yetishmasligi turli xastaliklarga sabab boladi. Uning oldini olish uchun esa mutaxassis korsatmalariga amal qilish zarur hisoblanadi. Harpers Bazaar nashri yozdan keyin tana va ruhiyat tetikligini saqlash uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida shifokor-terapevt Yekaterina Serebryakova tavsiyalari bilan bolishdi.

Allergologga murojaat qiling

Kunlar isishi bilan allergik kasallik kuzatiladigan insonlar kuz faslining ilk oyida havo harorati yuqori, tabiatga xos allergenlar mol bolishi, gul va osimliklar ochilib changlanishda, istemolidan keyin qichish va qizarishlar kuzatiladigan mevalar pishishda chaqqanidan keyin allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin bolgan hasharotlar faol ekanini inobatga olishi lozim. Bundan tashqari havoda allergik reaksiyani qozgatadigan mogor zamburugi bolishini ham unutmaslik kerak. Agar ushbu faslda sizda allergiyaga xos alomatlar, belgilar kuzatiladigan bolsa, ularga befarq bolish, ozini ozi davolash bilan cheklanish tavsiya qilinmaydi. Chunki ORVI (otkir respirator virusli infeksiya) bilan allergiyaning simptomlari bir-biriga oxshab ketadi va aniq tashxisni bilmagan odam yanglishib notogri davo qollashi va bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois ham allergologga murojaat qiling va korsatmalarga asosan davolash choralarini olib boring.

Emlanish

Kasalliklarga qarshi emlanish kerak yoki kerakmasligi haqida turli bahsli qarashlar mavjud bolishiga qaramay, agar siz emlashga nisbatan ijobiy munosabatda bolsangiz, shifokorlar ushbu muolajani necha yosh bolishingizdan qati nazar, kuzda amalga oshirishni tavsiya qiladi. Ayniqsa, qish kelishi bilan pnevmokok infeksiya va gripp kasalliklari kop uchrashi, ularga qarshi emlangandan keyin organizmda patogen (kasallik qozgatuvchisi)ga qarshi immunitet hosil bolishi uchun vaqt kerakligi bois ham ushbu faslda emlanish maqsadga muvofiq.

Psixoterapevt qabuliga yoziling

Kuz kelishi bilan kunlarning qisqarishi inson kayfiyati va organizmiga tasir etmay qolmaydi. Bosim, havo harorati hamda iqlimdagi ozgarishlar ruhiy tushkunlikka olib kelishi, biologik ritm va gormonal ozgarishlar kuzatilishi mumkin. Kunlar sovishi bilan kayfiyatingiz hamda ozingizni his qilishingiz yomonlasha boshlashi kuzatilsa, psixoterapevt qabuliga yoziling.

Nevrolog tavsiyalariga amal qiling

Havo haroratining keskin ozgarishi bilan yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadiganlarda bosh ogrigi, holsizlik, surunkali charchoq va qon bosimi bilan bogliq muammolar kuzatilishi mumkin. Shu kabi simptomlar sizda kuzatiladigan bolsa, aniq tashxis va individual davo uchun nevrologga murojaat qiling. Uqalash, sport bilan shugullanish va dori vositalarini qabul qilish mavsumga xos sogliq bilan bogliq muammolarni bartaraf qilishi mumkin.

Qaysi shifokorga birinchi borganmaqul?

Agar siz shifokorlardan qay biriga birinchi bolib murojaat qilish haqida bosh qotirayotgan bolsangiz, yaxshisi terapevtga uchrang. Umumiy tekshiruvlar otkazilganidan keyin terapevtning ozi qaysi shifokor qabuliga yozilish kerakligini ma?lum qiladi. Asosiysi, ozboshimcha tashxis qoyish va bilib-bilmas davolanishdan qoching. Sogligingizga befarq bolmang.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (12-08-2020, 20:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 4) ( 3)
:
-
:
20 ... -