» » Jeyson Stetxemning garaji: Aktyor qanday avtomobillarni yaxshi ko‘radi? (foto)

Jeyson Stetxemning garaji: Aktyor qanday avtomobillarni yaxshi ko‘radi? (foto)


Gollivud aktyori Jeyson Stetxemning garaji noyob avtomobillar bilan to‘la. Uning kolleksiyasida oddiy yoki zerikarli mashinaning o‘zi yo‘q. Aktyorning har bir “temir toychog‘i” haqiqatan ham ajoyib. U hayotda juda tez harakatlanuvchi avtomobillarni tanlashni yaxshi ko‘radi.

Audi S8

Katta ekranlar orqali aktyorning bunday avtomobil boshqarganini ko‘rish mumkin. Balki suratga olish ishlaridan so‘ng yulduzning kolleksiyasida nemis ishlab chiqaruvchilarining ilk avtomobili paydo bo‘lgandir. Stetxemning Audisi 4.0 TFSI dvigateli va 570 ot kuchiga teng. Aktyorning o‘zi ko‘pincha aynan shu avtomobildan foydalanishini va uni o‘zgacha yaxshi ko‘rishini ham aytib o‘tgan.

Audi R8 Coupe

Agar mashhur aktyorning garajida atigi bitta Audi bo‘lganida, muxlislarni hayratda qoldirgan bo‘lar edi. Aynan shu brend ostida ishlab chiqarilgan mashinadan xarid qilgan insonda yana ikkinchi va uchinchilarini ham sotib olish istagi paydo bo‘ladi. Qahramonning Audi R8 Coupe avtomobili 5,2 litrli V10 FS dvigatel bilan jihozlangan va rekord darajada 3,4 soniyada 100 km/soatgacha tezlasha oladi.

Porsche 911 GT2 RS

Gollivud aktyorining kolleksiyasini “Porsche”siz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Go‘yoki ushbu mashinaning mavjud bo‘lishi majburiy marosimga o‘xshaydi. Gollivud yulduziga aylandi – Porsche sotib oldi! Ayni paytda u 911 oilasining eng kuchli a’zosi hisoblanadi. Avomobil 3,8 litrli dvigatel, trubinali dvigatel va 700 ot kuchiga teng. 2,8 soniyada 100 km/soatga tezlashadi.

Lamborghini Aventador SVJ

Bu Lamborghini Aventador SVJ’ning naqd o‘zginasi. Qo‘shimcha ma’lumot kerakmi yoki mashinadan shunchaki zavq olish kerakmi? Ushbu avtomobil 6,5 litrli dvigatelga ega, 700 ot kuchiga teng. Maksimal tezligi 350 km/s, tezligini 100 km/soatga 2,8 soniyada oshiradi. Bu mashina emas – orzu!

Aston Martin Vantage

Aston Martin Vantage yangi versiya hisoblanib, 510 ot kuchiga teng. 3,6 soniyada 100 km/soatga tezlashadi. Eng yuqori tezligi 314 km/soatni tashkil etadi. Aston Martinning ushbu modeli e’tiborni tortmay, “shaboda bilan” sayr qilishni xush ko‘radiganlar uchun ishlab chiqarilgan.

Jaguar XJR

Oxirgi paytlarda aktyor ushbu mashina boshqaruvida juda kam ko‘rindi, balki bu uning kolleksiyasida avtomobillar ko‘pligidan navbati kelmayotgan avtoulovlardandir. Jaguar oilasining eng kuchli vakili 5 litrli V8 dvigateli va 543 ot kuchiga teng. Bunday mashinadan zavqlanishning narxi 123 ming dollardan boshlanadi.

Ferrari F12 Berlinetta

Ushbu avtomobil sotib olingan paytda, u deyarli Ferrari oilasining eng kuchli a’zosi emasdi. Shunga qaramay, britaniyalikning mashina bilan birga tushgan ko‘plab suratlariga ko‘ra, u sotib olganidan mamnun.  Ferrari 6,3 litrli, 12 silindirli dvigatel bilan jihozlangan. 730 ot kuchiga teng. Avtomobilning maksimal tezligi – 340 km/soatni tashkil etadi va 3,1 soniyada 100 km/soatga tezlashadi.

McLaren 720 S

Aytishlaricha, ushbu mashina “Forsaj” filmi suratga olingandan so‘ng aktyorning kolleksiyasida paydo bo‘lgan. Mana endi mashhur aktyorning o‘ziga xos V8 turbo benzinli dvigatel va kapot ostida 720 ta “otlar”i bor super mashinasi bor. Maksimal tezligi 341 km/s, 100km/soatga tezlashishi 2,9 soniyani talab etadi.

Lamborghini Murcielago LP-640

Ushbu mashinaga nisbatan “xudbinnining tanlovi” degan iborani qo‘llashadi. Lekin Lamborghini Murcielago LP-640 boshqarib ketayotgan odamni atrofdagi gaplar qiziqtirmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют