» » Samarqandning Mirzo Ulug‘bek bog‘idagi achinarli manzara: axlatxona va qassobxonaga aylanib, daraxtsiz qolgan bog‘

Samarqandning Mirzo Ulug‘bek bog‘idagi achinarli manzara: axlatxona va qassobxonaga aylanib, daraxtsiz qolgan bog‘


“Samarkandskiy vestnik” gazetasiga Samarqand shahridagi Miroz Ulug‘bek nomli bog‘ hududidagi daraxtlar kesilayotgani, bog‘ning o‘zi esa axlatxonaga aylanayotgani haqida shikoyatlar kelib tushdi. Nashriyot bog‘ga borib, vaziyat bilan tanishdi va achinarli manzaralarga guvoh bo‘ldi.

Bog‘da mehnat qiluvchi bog‘bon shu yerga yaqin mahalla aholisi kechasi chiqindilarni bog‘ hududiga tashlab ketishini aytdi. Bundan tashqari, ba’zi fuqarolar aynan bog‘ hududiga kelib, qassoblik faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Nashr bunday vaziyatga shaxsan guvoh bo‘ldi. Do‘mpayib turgan to‘nkalar esa bog‘dagi baland-baland daraxtlar kesib tashlanayotganidan darak berardi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shni mahalla aholisi bu daraxtlar kuchli shamolda qulab tushishi va odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazishidan xavfsirab, tegishli organlarga murojaat qilgan va 50 ta terakni kesib tashlash uchun ruxsatnoma olgan.

“Bugungi kunda ushbu ssenariy bo‘yicha butun shahar bo‘ylab ko‘p asrlik daraxtlar kesib tashlanmoqda. Ha, ularning o‘rniga dekorativ ko‘chatlar o‘tqazilmoqda, ammo ular jaziramadan himoya qiluvchi soya bermaydi. Ularning chang va avtomobil gazlarini yutuvchi keng shox-shabbalari ham yo‘q. Bularning barchasini kuzata turib, beixtiyor savol tug‘iladi: odamlarning sog‘lig‘i uchun shunchalik jon kuydirayotgan daraxt kesuvchilarning xatti-harakatlari qanchalik o‘rinli?” — deya nashr xulosa qiladi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют