» » Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi fuqarolar murojaatlari yuzasidan hisobot berib borishni yo‘lga qo‘ydi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi fuqarolar murojaatlari yuzasidan hisobot berib borishni yo‘lga qo‘ydi


Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi fuqarolar murojaatlari yuzasidan hisobot berib borishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda hokimlikning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi. 

Hisobotga ko‘ra, 2017-yilning 1-aprel holatiga hokimlikka 6641 ta murojaat kelib tushdi.

Oxirgi 6 oy mobaynida majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashgani va vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun 2 hokim o‘rinbosari va 3 nafar mas’ul xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaganligi tufayli bir necha xodim tuman prokuraturasi tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Tuman hokimligi o‘z sahifasi orqali amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har hafta hisobot berib borilishiga ishontirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (3-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют