» » Toshkent shahar tibbiyot tizimidagi ikki mas’ul xodim ishdan olindi

Toshkent shahar tibbiyot tizimidagi ikki mas’ul xodim ishdan olindi


Toshkent shahar Adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi 2016-yilda sog‘liqni saqlash idoralari faoliyatida aniqlangan kamchiliklar haqida ma’lumot berdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning tizimlarida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya etilishi hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi ahvolini o‘rganish natijasida soha idoralari faoliyatida 4469 ta qonunbuzilish holati aniqlandi.

Qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va aybdor mas’ul xodimlarga chora ko‘rish haqida Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga kiritilgan taqdimnomaga asosan oltita noqonuniy buyruq bekor qilinib, 16 nafar mas’ul xodimga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Shulardan ikki nafar mas’ul xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, 23 mas’ul xodimga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ular sud qaroriga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют