» » Matteys de Ligt operatsiya qilindi. Futbolchi uch oy maydonga tusha olmaydi (foto)

Matteys de Ligt operatsiya qilindi. Futbolchi uch oy maydonga tusha olmaydi (foto)


“Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtning yelkasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

De Ligt 2019-yilning noyabr oyidan buyon yelkasidagi og‘riqdan aziyat chekib kelardi. Operatsiya Rimda o‘tkazilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, futbolchi uch oy maydonga tusha olmaydi.

Operatsiya o‘tkazilgan 12-avgust kuni niderlandiyalik iqtidor egasi 21 yoshini nishonladi.

Markaziy himoyachi joriy mavsum A Seriya 29 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi. Turinliklar niderlandiyalik futbolchini 2019-yilning yozida 75 million yevro (yana 10 million bonus) evaziga “Ayaks”dan sotib olgandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют