» » Toshkent viloyatida yo‘qolgan ikki yoshli bolaning jasadi Jo‘nariq kanalidan topildi

Toshkent viloyatida yo‘qolgan ikki yoshli bolaning jasadi Jo‘nariq kanalidan topildi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani IIB navbatchilik qismiga 9-avgust, yakshanba kuni, taxminan, soat 20:00 da Yangiyo‘l tumani, “Qo‘shtepa” MFY, O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi fuqarodan 2018-yil 16-oktabrda tug‘ilgan nabirasi Umidjon Rixsitillayev uydan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi haqida murojaat qilgan.

Bolaning yo‘qolib qolgani haqida oila a’zolari tomonidan Telegram kanallarida e’lonlar berilgandi.

Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Yangiyo‘l prokuraturasi va tuman IIB tezkor xodimlari voqea joyiga chiqib, voqea joyini ko‘zdan kechirib, holat yuzasidan tushuntirish xatlari olgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ikki yashar bola turgan uyning orqa tomonidan Jo‘nariq kanali oqib o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida 16 yoshli O.Xoldorov “Fayzobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Jo‘nariq kanalida yoshi, taxminan, 1,5-2 yosh bo‘lgan bola tanasi suvda ko‘ringanligi, suvda suzishni bilmaganligi sababli bola murdasini suvdan olib chiqa olmaganligini o‘z tushuntirish xatida bayon qilgan.

Shu bilan birga, tuman prokuraturasi, tuman IIB va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda Jo‘nariq kanali suvi 3 soatga to‘xtatib qo‘yilib, suvda bola murdasini qidirish ishlari tashkillashtirildi.

12-avgust kuni Yangiyo‘l tumani, “Mirzaboboyev” MFY, Ohunboboyev uchastkasidan oqib o‘tuvchi Jo‘nariq kanalidan Umidjonning murdasi jonsiz holatda topilgan.

Toshkent viloyati hokimligi ushbu holat yuzasidan 13-avgust kuni batafsil axborot berishi ma’lum qilindi. Shuningdek, Jo‘nariq kanali bo‘ylarida kelgusida fuqarolar muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ham ma’lumot e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют