» » YChL. PSJ so‘nggi daqiqalarda ikkita gol urib “Atalanta”dan yarim final yo‘llanmasini tortib oldi

YChL. PSJ so‘nggi daqiqalarda ikkita gol urib “Atalanta”dan yarim final yo‘llanmasini tortib oldi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finalida 12-avgust, chorshanba kuni “Atalanta” va PSJ jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida bergamoliklar hujumlarda faollik ko‘rsatdi. Shuningdek, parijliklarda ham kam sonli bo‘lsa-da qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. 27-daqiqada Mario Pashalich bergamoliklarning hujumini gol bilan yakunladi.

Shundan keyin ustunlik PSJ tomoniga o‘tdi, biroq fransuzlar hujumlarni yakunlashda muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Ikkinchi bo‘lim ham Parij klubining ustunligida o‘tdi. Italyanlar taymning ikkinchi yarmidan boshlab to‘liq e’tiborni himoyaga qaratdi.

Ketma-ket hujumlar asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasiga kelib o‘z samarasini berdi. Neymarning uzatmasidan keyin Markinyos yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, parijliklar ikkinchi golni ham urdi: Kilian Mbappe oshirib bergan to‘pni Erik Shupo-Moting darvozaga to‘g‘irlab yubordi.

Shu tariqa Tomas Tuxel shogirdlari musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda “Atletiko” — “Leypsig” uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

YChL

Chorak final

12-avgust, chorshanba

Gollar: 1:0 – 26 Pashalich, 1:1 – 90 Markinos, 1:2 – 90+2 Shupo-Moting.

“Atalanta”: Sportello, Gozens (Kastan, 82), Toloi, Kaldara, Xatebur, Gomes (Malinovskiy, 59), de Ron, Pashalich (Muriel, 70), Froyler, Gimshiti (Palomino, 60), Sapata (Da Riva, 82).

PSJ: Navas (Riko, 79), Kerer, Markinyos, Tiago Silva, Bernat, Guye (Paredes, 72), Errera (Draksler, 72), Sarabiya (Mbappe, 60), Kimpembe, Neymar, Ikardi (Shupo-Moting, 79).

Ogohlantirishlar: Gimshiti (37), Froyler (45), de Ron (50), Sapata (53), Bernat (54), Errera (57), Toloi (67), Paredes (75), Palomino (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют