» » OChL. “Paxtakor” Sergeyevning dubli evaziga g‘alaba qozonib, guruhda peshqadamga aylandi (video)

OChL. “Paxtakor” Sergeyevning dubli evaziga g‘alaba qozonib, guruhda peshqadamga aylandi (video)


Osiyo Chempionlar Ligasining 2-turida “Paxtakor” 17-fevral, dushanba kuni “Shahr Xodro” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi teng kurash ostida o‘tdi va kichik ustunlik forslar tomonida bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida bosimni kuchaytirgan maydon egalari ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

56-daqiqada Jaloliddin Masharipovning uzatmasidan keyin Igor Sergeyev hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib Sergeyev dublni qayd etdi. Unga golli uzatmani Doston Hamdamov amalga oshirib berdi. 84-daqiqada Sherzod A’zamov Masharipovning uzatmasidan keyin boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolarini 6 taga yetkazib olgan holda guruh peshqadamiga aylandi. Guruhning ikkinchi o‘yini “Shabob al-Ahli” va “Al-Hilol” jamoalari o‘rtasida kechadi.

OChL

2-tur bahsi

17-fevral, dushanba

Gollar: 1:0 — 56 Sergeyev, 2:0 — 59 Sergeyev, 3:0 — 84 A’zamov

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimets, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Humoyunmirzo Iminov, 84), Doston Hamdamov (Asad Sobirjonov, 90+1), Dragan Cheran (Eren Derdiyok, 90), Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev.

“Shahr Xodro”: Mahdi Rahmati, Ali Ne’mati, Muhammad Moradmand, Farshad Faraji, Hassan Ja’fari, Akbar Sodig‘i, Milad Sarlak, Said Sodig‘i, Muhammadg‘ozi Najafabadi, Muhammadrizo Xalatbari, Ruhuloh Sayfullohi.

Ogohlantirishlar: A’zamov (45), Cheran (66), Moradmand (69), Hamdamov (76)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют