» » OChL. “Paxtakor” safarda “Al-Ahli”ga mag‘lub bo‘lib, pley-offga chiqa olmadi

OChL. “Paxtakor” safarda “Al-Ahli”ga mag‘lub bo‘lib, pley-offga chiqa olmadi


20-may, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Al-Ahli” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 69-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Omar as-Soma hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqaga kelib “sherlar” hujumchisi Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib Abdulrahmon G‘arib Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (2:1).

Shu tariqa toshkentliklar safarda kechgan bahsda “Al-Ahli”ga mag‘lub bo‘ldi va musobaqaning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” guruh bahslarini 8 ochko bilan 3-o‘rinda yakunladi.

OChL

6-tur bahsi

20-may, dushanba

Gol: 1:0 — 69 Omar as-Soma, 1:1 — 88 Igor Sergeyev, 2:1 — 90+2 Abdulrahmon G‘arib

“Al-Ahli”: Muhammad Ovays, Muhammad Fatil, Paulo Diaz (Nuh Ibrohim, 46), Abdulloh Tarmin, Abdulbosit Hindi, Aderlan Santos, Yusuf Harbi (Taysir al-Jassim, 53), Salman Muvashar, Abdulfattoh Asiri (Abdulrahmon G‘arib, 83), Xorxe Semedo, Omar as-Soma

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimets (Marko Simich, 80), Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Vladimir Kozak, 63), Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov (Igor Sergeyev, 46), Marat Bikmayev

Ogohlantirish: Yusuf al-Harbi (38), Krimets (51), Hindi (73), Abdulloh Tarmin (82), Alijonov (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют