» » “Paxtakor” bugun OChL pley-off yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

“Paxtakor” bugun OChL pley-off yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi


20-may, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Al-Ahli” mehmoni bo‘ladi.

Uchrashuvga Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “sherlar” avvalgi turda Eronning “Persepolis” jamoasini Igor Sergeyevning goli evaziga mag‘lub etgandi (1:0).

Ma’lumot uchun, toshkentliklar musobaqaning “D” guruhida 8 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda.

Ta’kidlash joiz, “Paxtakor” guruhda birinchi o‘rinni egallasa, nimchorak finalda Qatarning “Duhayl”, ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritgan taqdirda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

OChL

6-tur bahsi

20-may, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют