» » O‘zbekistonda turistik yig‘imni hisoblash va to‘lash to‘xtatildi

O‘zbekistonda turistik yig‘imni hisoblash va to‘lash to‘xtatildi


Pandemiya davrida joylashtirish vositalarining yuklamasi keskin tushib ketishi va aksariyat hollarda ular faoliyatining to‘xtatilganligi sababli 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, turistik (mehmonxona) yig‘imni hisoblash va to‘lash 2021-yilning 1-yanvarigacha to‘xtatildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 137-sonli qaroriga ko‘ra, mazkur yig‘im joylashtirish vositalari (mehmonxonalar) tomonidan budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Turistik yig‘imdan tushgan mablag‘lar O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, turizm infratuzilma obyektlarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash, turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni ko‘rgan holda sayyohlar tashrifi uchun tayyorlashga ishlatiladi.

Turistik yig‘imni hisoblash va to‘lashning 2021-yil 1-yanvargacha to‘xtatilishi yuqoridagi farmon bilan joylashtirish vositalari uchun taqdim qilingan boshqa imtiyoz va yengilliklar qatorida pandemiya tufayli vujudga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyatda xorijiy fuqarolar tomonidan mehmonxonalarga amalga oshiriladigan to‘lov miqdorini kamaytiradi va ko‘rsatilgan muddatgacha pandemiyadan keyingi davrda faoliyatlarini qayta tiklab olishlarida yengillik tug‘diradi, deyiladi qo‘mita axborot xizmatining xabarida.

Avval “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagilarga belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratilishi va Turizm texnikumi va kollejlariga 2020-yilda o‘qishga qabul qilingan barcha tinglovchilar davlat granti asosida o‘qishi haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют