» » Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jang sanasi o‘zgarishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jang sanasi o‘zgarishiga nima sabab bo‘lganini aytdi


Boks bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Roy Jons Mayk Taysonga qarshi jangining qoldirilganiga izoh berdi.

“28-noyabr — shukronalik va dam olish kuni bo‘ladi. Teletranslyatsiyani sotish uchun bu eng yaxshi vaqt, chunki hamma uyda bo‘ladi. Jang tashkilotchilari translyatsiyadan imkon qadar ko‘proq daromad olishga harakat qilmoqda. Jangning ko‘chirilgani menga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqt beradi. Bu jangdan faqat bir nechta mamlakat emas, balki butun dunyoning zavq olishini xohlayman.

Endilikda men tayyorgarlik jarayonlarini biroz sekinlashtirishim kerak, chunki agar hozirgi tempda davom etsam, sentabrda tayyor bo‘laman. Ammo sentabr oyida tashkilotchilar menga boshqa birov bilan jang qilishimga ruxsat bermaydi. Shuning uchun tayyorgarlik jarayonini o‘zgartirish kerak”, — deydi Roy Jons.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jangning 12-sentabrdan 28-noyabrga qoldirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Roy Jons professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Mayk Tayson esa professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons va Mayk Tayson ishtirokidagi nokautlarga boy janglarni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют