» » Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang hakamlarsiz o‘tadigan bo‘ldi

Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang hakamlarsiz o‘tadigan bo‘ldi


Boks afsonalari Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang qanday qoidalar asosida o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

Kaliforniya shtati atletik komissiyasi (CSAC) rahbari Endi Foster jangning asosiy qoidalari bilan tanishtirdi.

“Ular biroz qimirlab, pul ishlab olishi mumkin, biroq ikkisiga ham aytib o‘tdim — agar jarohat bo‘lsa darhol jangni to‘xtatamiz.

Tayson va Jons bosh kiyimlarsiz jang qiladi. Ular 12 unsiyalik (340 gramm) qo‘lqoplardan foydalanadi. Jangda hakamlar bo‘lmaydi, shunday ekan texnik nokaut qayd etilmaydi. Jang nokaut bilan yoki qaysidir bokschi uni davom ettira olmay qolganda muddatidan avval tugaydi”, — deydi Foster.

Tayson va Jons o‘rtasidagi jang 12-sentabr kuni Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Roy Jons va Mayk Tayson ishtirokidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют