» » Video: AQShdagi eng xavfli tog‘ marshrutida sinovdan o‘tkazilgan yangi Ford Bronco

Video: AQShdagi eng xavfli tog‘ marshrutida sinovdan o‘tkazilgan yangi Ford Bronco


Ford kompaniyasi ekstremal sharoitlarda yangi Bronco modelini sinovdan o‘tkazdi. Bu safar yo‘ltanlamas yangi avlodi sahrodagi eng ekstremal marshrut Moab— Hell’s Revenge bo‘ylab harakatlandi, deb xabar beradi Motor.

Sinovlarda turli modifikatsiyadagi yo‘ltanlamaslardan foydalanilgan. Videodan ko‘rish mumkinki, yumshoq va qattiq tomli, shuningdek, yon oyna va eshiklari yo‘q Bronco’lar mavjud. Aftidan muhandislar to‘liq uzatmali tizim ishini sinovdan o‘tkazgan va buning uchun Moab sahrosidan yaxshiroq joy yo‘q. Avtomobil turli past-balandliklar bo‘ylab harakatlangan. Biroq eng jiddiy sinovga 90 daraja burchak ostidagi tor V-simon kanyon aylangan.

Sinovlar vaqtida yo‘ltanlamaslarga qanchalik zarar yetgani noma’lum. Sinovlardan so‘ng olingan suratlarda g‘ildiraklar, himoya tubi va Bronco g‘ildiraklar arkalarida yetgan shikastlarni ko‘rish mumkin. Ammo muhandislarning fikricha, bu kabi sinovlar potensial xaridorlarga yana bir bor yangi yo‘ltanlamasning mustahkamligiga ishonch hosil qilishlarida yordam beradi.

Mavzuga doir: Yangi Ford Bronco yo‘ltanlamasi Lego konstruktori yordamida yaratildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют