» » “Real” yozda yangi xaridlar amalga oshira olmasligi sababi ma’lum bo‘ldi

“Real” yozda yangi xaridlar amalga oshira olmasligi sababi ma’lum bo‘ldi


“Real” moliyaviy muammolarga duch kelgan va futbolchilarini sota olmasa yangi xaridlar qila olmaydi.

Jamoa Chempionlar Ligasidan chiqib ketgach, madridliklar bosh direktori Xose Anxel Sanches o‘yinchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Majlisda Yevrokuboklardagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay rahbariyat jamoaning 2019/20-yilgi natijalaridan qoniqqani futbolchilarga yetkazilgan.

Masalan, moliyaviy qiyinchiliklar bois “Real” PSJdan Alfons Areolyani sotib olish funksiyasini faollashtira olmagani tushuntirilgan.

Keyinchalik menejer agar ayrim futbolchilar jamoani tark etmasa, yangi xaridlar amalga oshirilmasligini aytgan. Koronavirus pandemiyasi klubning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir qilgan.

Shu tariqa madridliklar o‘tgan mavsum ijaraga berib yuborgan bir qator futbolchilari orqaligina tarkibda o‘zgarish qilishi mumkin. Gap yarim himoyachilar Martin Edegor va Dani Sebalyos, shuningdek, darvozabon Andrey Lunin haqida ketmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют