» » “Real” maoshlarni kamaytirish uchun Xames va Garet Beylni sotishga qaror qildi

“Real” maoshlarni kamaytirish uchun Xames va Garet Beylni sotishga qaror qildi


“Real” koronavirus pandemiyasi sabab maoshlarga ketadigan xarajatni qisqartirmoqchi, deya xabar qilmoqda AS.

Moliyaviy turg‘unlikka qaramay klub bir nechta futbolchisini sotib yuborgan holda maoshlarga sarflanadigan pulni kamaytirmoqchi.

Ilk navbatda “Real” hujumchi Garet Beyl va yarim himoyachi Xames Rodrigesni sotib yuborish masalasini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, klub himoyachilar Xesus Valyexo va Alvaro Odriosola, yarim himoyachilar Dani Sebalyos hamda Brahim Dias, hujumchi Mariano Diasni ham transferga qo‘yishi mumkin.

Mazkur futbolchilarning transferi orqali “Real” maoshlarga ketadigan 75 million yevroni tejab qolishi mumkin.

Mavzuga doir: “Barselona”dan keyin navbat “Real”ga. Madrid klubi ham futbolchilar maoshini qisqartiradi

Avvalroq Beyl va Xamesga Angliyaning “Everton” klubidan qiziqish borligi xabar qilingandi. Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar ustozi Karlo Anchelotti sobiq shogirdlarini jamoasida ko‘rmoqchi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют