» » Sergelida ota bir necha kun uyga kelmagan 27 yoshli o‘g‘lini yarim tunda ko‘chada kaltakladi

Sergelida ota bir necha kun uyga kelmagan 27 yoshli o‘g‘lini yarim tunda ko‘chada kaltakladi


Toshkent shahar Sergeli tumanida ikki erkak janjallashayotgani aniqlangan. Shahar IIBB ma’lum qilishicha, ular ota va o‘g?‘il bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 11-avgust kuni soat 22:30 da Toshkent shahar IIBBga Sergeli tumani Sputnik-4 massivida ikkita erkak janjallashayotgani va biri ikkinchisini urayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga PPX avtoekipaji yetib borgan. Erkaklarni ajratib, Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar bo‘limiga yetkazilgan.

Suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli Sirojiddin E. bir necha kun davomida uyiga kelmagan. Uning otasi 52 yoshli Farrux X. o‘g‘lining bu ishidan g‘azablanib, o‘g‘lini kechki payt Sergeli-4 massivida ko‘rib qolganda uni urishib, o‘g‘liga badan shikastlari yetkazgan. Sirojiddin E. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur fakt asosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Kelishmovchiliklarni kuch bilan hal qilish kerakli natija bermaydi. Ayniqsa, ulg‘ayib qolgan farzandlaringizning tarbiyasida bunday uslub samarasizdir. Qarindoshlar orasida kelishmovchilik chiqqanda siz doim hududiy profilaktika inspektorlari yordamida Toshkent shahar IIBB psixologlariga murojaat qilishingiz mumkin”, — deyiladi shahar IIBB xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют