» » Internetda 3 nafar ayolning boshqa bir ayolni urayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holatga munosabat bildirdi

Internetda 3 nafar ayolning boshqa bir ayolni urayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holatga munosabat bildirdi


Toshkent shahar IIBB internetda 3 nafar ayolning boshqa bir ayolni urayotgani va haqorat qilayotgani haqida tarqalgan video yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqilgan. Voqea 7-avgust kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Ayollarning shaxslari aniqlangan.

Ular — 41 yoshli farg‘onalik muqaddam Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bo‘yicha sudlangan M.M., asli surxondaryolik 35 yoshli Sh.P. muqaddam Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi va 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha sudlangan. Shuningdek, uchinchi ayol 23 yoshli farg‘onalik Sh.K., jabrlanuvchi esa 29 yoshli farg‘onalik G.E. bo‘lgan.

Boshqarma axborotiga ko‘ra, uch nafar ayol oldindan til biriktirib, G.E.ni M.M.ning o‘g‘lini sehrlab rom qilganlikda ayblagan va uni do‘pposlagan. M.M. hodisani telefon orqali videoga tushirib, jabrlanuvchini sharmanda qilish uchun internetga joylagan.

Sergeli tumani prokuraturasi 8-avgust kuni mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (qiynash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan va tergov olib borilmoqda, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Avval Samarqandda tunda uchrashuvga chiqqan yigit va qizni “samosud” qilgan fuqarolar ishi sudga oshirilgan, Qo‘shko‘pirda bir ayolni “samosud” qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Xorazmda ayolning “samosud” qilinishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, IIV huzuridagi Tergov departamenti Xorazm viloyati Gurlan tumanida bir ayolning “samosud” qilingani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot bergan va hodisaning iyul oyida sodir bo‘lganini qayd etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют