» » Bugun tunda Sergeli tumanidagi eski binoda kuchli yong‘in yuz berdi

Bugun tunda Sergeli tumanidagi eski binoda kuchli yong‘in yuz berdi


Bugun, 11-oktabr kuni kechasi soat 04:30 larda Toshkentning Sergeli tumanidagi Sputnik-7 massivida yong‘in chiqqani haqida poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasiga murojaat kelib tushdi, deb xabar beradi boshqarma matbuot xizmati.

Yong‘in teri-tanosil kasalliklari dispanseri balansida turuvchi va maishiy ehtiyojlar uchun moslashtirilgan binoda yuz bergan.

Toshkent shahar IIBB yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari hodisa joyiga olti daqiqada yetib borgan. Yong‘in soat 05:44 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning ichki qismi, tomining bir qismi yonib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Taxmin qilinishicha, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yuzaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют