» » Neymar: “Chempionlar Ligasidan chiqib ketish xayolimga ham kelmadi”

Neymar: “Chempionlar Ligasidan chiqib ketish xayolimga ham kelmadi”


PSJ hujumchisi Neymar Chempionlar Ligasining 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Musobaqadan chiqib ketish xayolimga ham kelmadi. Final haqidagi fikrlarimga hech narsa xalaqit berolmaydi. O‘yin davomida yaxshigina qiynaldik. Hozir yaxshi davrni o‘tkazmoqdamiz, biz ajoyib jamoa va bir oilamiz. Chempionlar Ligasini tark etish haqida o‘ylashga ham imkon bo‘lmadi”, — deydi Neymar.

Shu tariqa Parij klubi Chempionlar Ligasining yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Mazkur bosqichda jamoa “Leypsig” — “Atletiko” uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют