» » O‘zbekistonda koronavirusga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olinmoqda (foto)

O‘zbekistonda koronavirusga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olinmoqda (foto)


“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Sinovli kunlar” nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

“Ushbu filmda respublikamizga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi, tarqalishi va unga qarshi kurashish jarayonlarida Davlat rahbari hamda xalqning hamjihatlikdagi kurashi, milliy qahramonlarimizga aylangan shifokorlar, harbiylar, shuningdek, shunday sinovli kunlarda yordamga tayyor turgan xalq vakillari, qiyinchilik kunlarda bir-biriga muruvvat ko‘rsatganlar haqida hikoya qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Filmning suratga olish ishlari Xorazm, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Film rejissori va ssenariy muallifi Doniyor Shokirov, operator Said Dalilxon Said Turg‘utxonov.

“Filmdan ko‘zlangan maqsad yurtdoshlarimiz boshiga tushgan shunday sinovli kunlarni sabr va bardosh, kuchli iroda, birdamlik, hamjihatlik bilan yengib o‘tishga qaratilgan. Va albatta, pandemiya davrida kasbiga sadoqat bilan el xizmatida yurgan ayrim soha vakillari, jumladan, shifokorlar, IIV hamda Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, bemor, yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish ilinjida yurgan ko‘ngillilarga bag‘ishlanadi”, — deydi rejissor Doniyor Shokirov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют