» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi O‘zbekistonda og‘ir ahvoldagi bemorlar soni nega ko‘payayotganiga izoh berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi O‘zbekistonda og‘ir ahvoldagi bemorlar soni nega ko‘payayotganiga izoh berdi


Bemorlarning vaqtida shifokorga murojaat qilmasligi, ya’ni koronavirus infeksiyasini boshlang‘ich simptomlarga e’tibor bermaslik va uy sharoitida o‘z-o‘zini davolashi og‘ir ahvoldagi bemorlar sonining ortib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda “Shifobaxshuz” kanalida koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurillayeva ma’lum qildi.

Rasmiy statistika bo‘yicha, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan va bir vaqtda davolanayotgan bemorlar soni 30-iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra eng yuqori nuqtaga chiqqan — 9 803 nafar. O‘shanda ushbu bemorlardan 537 nafari — 5,4 foizining ahvoli og‘ir (orasida yana qanchasi o‘ta og‘ir) deb baholanayotgani aytilgan edi.

11-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan va bir vaqtda davolanayotgan bemorlar soni 8 351 nafarni tashkil etmoqda. Ya’ni ayni vaqtda davolanayotgan bemorlar soni 30-iyuldagidan salkam 1,5 mingtaga kam. Lekin ularning 1748 nafari — salkam 21 foizi og‘ir ahvolda.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurillayeva koronavirusga chalingan bemorlar soni kamaygani sayin, og‘ir ahvoldagi bemorlar soni karrasiga ko‘payayotganiga izoh berdi:

Mutaxasisning ma’lum qilishicha, buning birinchi sababi – bemorlarning vaqtida vrachga murojaat qilmasligi, ya’ni koronavirus infeksiyasini boshlang‘ich simptomlarga e’tibor bermaslik va uy sharoitida o‘z-o‘zini davolash.

“Ikkinchisi, o‘zi oddiy pnevmoniya shunaqa hafvli kasallikki, ba’zilarda kam simptomli o‘tishi ham mumkin. Ayniqsa koronavirus pnevmoniyasi bir xil insonlarda yashirin o‘tmoqda. Lekin yetakchi simptomlar paydo bo‘ladi: holsizlik, kam-kam quruq yo‘tal va ko‘krak qafasida noxush sezgilar. Shu sababli, bemor bilmasdan, o‘ziga e’tibor bermasdan yuradi. Afsuski kasallik kuchaygandan keyin shifokorga murojaat qiladi. Bu ham kasallikni og‘ir darajasi ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Keksa yoshdagi bemorlarimizning ham ko‘pligi bunga sabab bo‘lmoqda. Ularda ko‘proq pnevmoniyaning atipik kechishini kuzatish mumkin”, – dedi Nargiza Nurillayeva.

Uning alohida ta’kidlashicha, koronavirus pnevmoniyasida surunkali kasalliklar sabab bo‘lmoqda: bronx va o‘pka kasalliklari, bronxial astma, yurak qon-tomir kasalliklari. Shu kasalliklarga chalingan bemorlarda koronavirus qo‘shilishi oqibatida ham kasallik og‘ir o‘tmoqda.

“Shuni qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, karantin yumshatilgan vaqtda fuqarolarning cheklovlarga to‘la rioya qilmasligi natijasida ham kasallanganlar soni ortib ketdi” – dedi u.

Avvalroq, O‘zbekistonda 15-avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga va 30 kishilik to‘y-marosimlarni o‘tkazishga, 17-avgustdan esa viloyatlararo qatnovlar va diniy tashkilotlar faoliyatiga, 20-avgustdan esa buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushishga ruxsat berilishi aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют