» » Turkiyalik aktrisa Neslihan Atagul ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta serial

Turkiyalik aktrisa Neslihan Atagul ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta serial


O‘zbek tomoshabinlari qalbidan joy olgan aktrisa ijrosidagi eng yaxshi filmlar qaysilardan iborat ekaniga to‘xtalib o‘tamiz.

“Xazonrezgi”

Mazkur film “Choliqushi” asari muallifi Rashod Nuri Gultekin asari asosida suratga olingan. Ta’sirli, oilaviy qadriyatlar haqidagi filmlarni sevuvchi tomoshabinlarga “Xazonrezgi”ni ko‘rish tavsiya qilinadi.

Sujet

Oilaviy munosabatlarni o‘zida aks ettirgan serialda opa-singillar janjali, rafiqasini deb qamoqqa tushgan inson taqdiri va yana bir qancha mojarolar aks etadi. Neslihan ushbu serialda “Sevgi iztirobi” da birga suratga tushgan Burak O‘zchivitning rafiqasi Faxriya Evjan bilan birga, ikkinchi darajali rol ijro qilgan.

“Ishq sohillari”

Serial aktrisaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu bilan tanishishiga sababchi bo‘lgan. “Ishq sohillari”, “Zolushka” hikoyasini esga soladi: Boy-badavlat Majit, oddiy qiz Nerimanga oshiq bo‘ladi.

Sujet

Neriman rassom bo‘lishni va hayotda ko‘p narsaga erishishni istaydi. Kunlarning birida ziyofatga tashrif buyuradi va Majitning yuragidan joy oladi. Qattiqqo‘l oilasi va yaxshi ko‘rgan yigiti bo‘lgan qahramon qiz hayoti shundan keyin butkul o‘zgarib ketadi. Neslihan ushbu serialda sodda, shu bilan birga hayotga teran qaraydigan, nimani istashini biladigan qiz rolini ijro qilgan.

“Sevgi iztirobi”

“Emmi ”mukofotiga loyiq deb topilgan mazkur serial, millionlab muxlislar qalbidan joy olishga muvaffaq bo‘lgan.

Sujet

Neslihan mazkur serialda ham rassom qiz rolini o‘ynagan. Boy va kibor oilaning farzandi avtobusda oddiy va sodda Kamol bilan tanishishi voqealar davomiyligining boshlanishi hisoblanadi. Oilasi, xususan ukasini deb uni telbalarcha sevadigan, ammo o‘zining zarracha ko‘ngli bo‘lmagan Amirga turmushga chiqishga va 60 qism davomida aziyat chekishiga to‘g‘ri keladi. Neslihan ushbu serialda sevgisiga sodiq shu bilan birga ukasini deb sevgisini qurbon qiladigan qiz rolini ijro qilgan.

“Tub”

Dinamik mini serial o‘ziga xos sujeti va aktyorlar ijrosi bilan ahamiyatli.

Sujet

Saxir o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bor odamlar bilan ishlaydi, uning vazifasi falokatlarni oldini olishdan iborat. Faoliyati davomida u xaker qiz bilan tanishadi va ushbu uchrashuv uning ish va hayoti o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Neslihan ushbu serialda boshqa rollari singari romantik qiz qahramonini jonlantirmagan. Muxlislar “Tub”ni tomosha qilish orqali, aktrisaning yangi qirralarini o‘zlari uchun kashf qilishlar mumkin.

“Elchining qizi”

“Elchining qizi”da sevgi uchburchagi va keskin burilishlarni uchratish mumkin. Yillar o‘tishi, turli voqea-hodisalar yuz berishiga qaramay, film qahramonlari yoshlikda bergan ko‘ngli va sevgisiga sodiq qoladi.

Sujet

Nare va Sanjarning beg‘ubor munosabatlari, Nare bilan yuz bergan mudhish voqea sabab uziladi. Lekin oradan 8 yil o‘tishiga qaramay chin tuyg‘ular qalblarni tark etmaydi va bir-biri tomon intilaveradi. Ammo bir vaqtlar ayrilgan sevishganlar hayotida turli to‘sqinlik va qiyinchiliklarga uchraydi. Serialda aktrisa, bir vaqtning o‘zida kuchsiz va kuchli, aqlli va tuyg‘ularga beriladigan, sevadigan va nafratlanadigan, tushunadigan ammo ba’zida tushunishni istamaydigan, shu bilan birga farzandi taqdiri uchun hech narsadan tab tortmaydigan mard ayol rolini gavdalantirgan. Xulosa qilib aytganda Neslihan, Nareda mujassam bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha emotsiyalarni qoyilmaqom qilib ko‘?rsatib bera olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют