» » Kike Setyen: “Levandovski yaxshi futbolchi, ammo u Messining darajasida emas”

Kike Setyen: “Levandovski yaxshi futbolchi, ammo u Messining darajasida emas”


“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Bavariya”ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Robert ajoyib futbolchi, biroq mening fikrimcha, u Leo Messi bilan bir xil darajada emas. O‘ylashimcha, bu tushunarli.

Ha, u haqiqatda faoliyatining ajoyib pallalarini o‘tkazmoqda, unga jamoadagi ko‘plab sheriklari ko‘maklashmoqda.

U yaxshi o‘yinchi, ammo Leo ham xuddi shunday. Biz buni “Napoli”ga qarshi o‘yinda ko‘rdik. Bu futbolchilarning harakat qilishi yaxshi va biz bundan bahra olishimiz mumkin”, — deydi Setyen.

“Barselona” va “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 14-avgustdan 15-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют