» » “Barselona” bosh murabbiyi: Jamoamning “Atletiko”ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan mamnunman

“Barselona” bosh murabbiyi: Jamoamning “Atletiko”ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan mamnunman


“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen Ispaniya La Ligasidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi o‘yindan (2:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Qayg‘uli. Biz uchun hamma narsa tobora qiyinlashib bormoqda. Ochko yo‘qotish chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatimizning pasayishini anglatadi. Biz ishlashda davom etishimiz kerak.

“Atletiko” — yaxshi jamoa. Ular juda yaxshi himoyalanadi va barcha bo‘sh hududlarni yopa oladi. Ularda ajoyib o‘yinchilar bor.

Jamoa o‘yinidan mamnunman. Vaqti bilan biz to‘pga egalik qildik. Bunday intizomli jamoaga qarshi o‘ynash oson emas. Futbolchilarning harakatlari va o‘yin rejasi menga ma’qul bo‘ldi.

Klubda meni kimdir muhokama qilyapti deb o‘ylamayman”, — deydi Setyen.

33-turdan keyin “Barselona” 70 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va ushbu turda hali o‘z o‘yinini o‘tkazmagan “Real”dan bir ochko ortda. Madrid klubi 33-tur doirasida 2-iyul, payshanba kuni o‘z maydonida “Xetafe”ni qabul qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют