» » “Barselona” bosh murabbiyi: Biz uch ochko olib bo‘ldik, ko‘ramiz “Real” nima qilar ekan

“Barselona” bosh murabbiyi: Biz uch ochko olib bo‘ldik, ko‘ramiz “Real” nima qilar ekan


“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan “Atletik”ka qarshi o‘yindan (1:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu oson o‘yin bo‘lmadi. Agar jamoalar zich o‘ynasa, chaqqon va aniq harakat qilish lozim. Chempionat qayta boshlanganidan beri aynan shu jihat bizga muammo bo‘lmoqda. Mavsum davomida buni tuzatib olamiz deb o‘ylayman. Boshqa barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi g‘alaba qozonishimiz shart edi. Qancha kam xatolarga yo‘l qo‘yilsa, shuncha yaxshi. Biz uch ochkoga ega bo‘ldik, ko‘ramiz asosiy raqibimiz “Real” nima qilarkan”, —deydi Setyen.

“Barselona” 68 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalida jadvalida “Real”ni uch ochkoga ortda qoldirmoqda. “Atletik” esa 42 bilan 10-pog‘onadan joy olgan.

“Real” 31-turda o‘z uyida “Malyorka”ni qabul qiladi. Uchrashuv 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют