» » “Barselona” bosh murabbiyi: “Ishonchim komil, “Real” xatoga yo‘l qo‘yadi”

“Barselona” bosh murabbiyi: “Ishonchim komil, “Real” xatoga yo‘l qo‘yadi”


“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen La Liga musobaqa jadvalidagi vaziyatga izoh berdi.

“Musobaqa tugashiga yettita uchrashuv qoldi, ularning barchasida g‘alaba qozonish juda qiyin. “Real” esa hali ochko yo‘qotmadi, ammo futbol bizni doim hayratga solgan. To‘g‘ri, ular ham biz kabi yaxshi holatda, biroq har narsa ro‘y berishi mumkin. Ishonchim komil, ular qaysidir vaziyatda xatoga yo‘l qo‘yadi”, – deydi Setyen.

31-turdan keyin “Real” 68 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Barselona”ning hisobida ham xuddi shuncha ochko bor. Faqatgina qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha “qirollik klubi” ustunlik qilmoqda.

Keyingi turda “Barselona” “Selta” maydoniga safar qilsa, “Real” “Espanyol” bilan bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar 27 va 28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют