» » Abu-Dabida Betmen haqidagi komikslarda tilga olinadigan Gotem-siti shahri quriladi

Abu-Dabida Betmen haqidagi komikslarda tilga olinadigan Gotem-siti shahri quriladi


Birlashgan Arab Amirliklaridagi Warner Bros. World Abu Dhabi mavzuli bog‘ida Betmen haqidagi hikoyalarda tilga olinadigan Gotem-siti shahrini qurishadi. Bu haqda The Hollywood Reporter’ga tayanib, Afisha Daily xabar berdi.

Superqahramon haqidagi hikoyalarda Gotem-siti AQShning Sharqiy sohillarida joylashgan. Uning prototiplari Nyu-York va Chikago hisoblanadi. Gotem-sitidan tashqari, bog‘ hududida “Metropolis”, “Luni Tyunz shousi” va Xanna — Barbera studiyasi multfilmlari orqali esda qolgan landshaftlar ham paydo bo‘ladi.

Warner Bros. World Abu Dhabi 2018-yilda ochilishi rejalashtirilgan. Attraksionlar bog‘ining umumiy hududi 150 ming kvadrat metr maydonni tashkil etadi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют