» » Uydagi tez-tez yangilash talab etiladigan buyumlar

Uydagi tez-tez yangilash talab etiladigan buyumlar


Har kungi tozalik ishlari uchun ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Uyingizda ma’lum vaqt o‘tgach ba’zi buyumlarni yuvish foydasiz ekanligini yoki ularni allaqachon yangilash vaqti kelganini bilasizmi? Tez-tez o‘zgartirishingiz kerak bo‘lgan ba’zi buyumlar haqida Wday bir necha tavsiyalar beradi.

Rezina qo‘lqoplar

Birinchidan, har foydalangandan so‘ng ularni tozalab yuvish kerak. Ikkinchidan, har bir xona uchun alohida qo‘lqop juftligidan foydalaning. Ya’ni bittasida derazalarni, boshqasida polni, uchinchisida hammomni, to‘rtinchisida idishlarni yuving.

Agar qo‘lqopda mayda yoriqlar paydo bo‘lsa, ularni tashlab yuborish kerak.

Idishlar yuvadigan “gubka”

Mutaxassislar takrorlashdan charchagan jumla: “gubka” — uydagi eng chirkin narsadir. Uni tozalash foydasiz. Ammo “gubka”dan har foydalanganingizdan so‘ng uni mikroto‘lqinli pechda qizdirish mumkin. Bundan ko‘ra uni haftada bir marta yoki maksimal ikki marta almashtirgan yaxshiroq.

Oshxona sochig‘i

Oshxona sochiqlarini deyarli har kuni yuvish lozim. Agar siz idishlarni va stolni tozalash uchun muntazam ravishda sochiq ishlatsangiz, kechqurun ularni, albatta, yuving,

Sochiqlarni yilda bir marta almashtirish kerak.

Idishlar

Piyola va tarelkalar sifati, asosan, material va ishlab chiqaruvchiga bog‘liq. Ammo umumiy tavsiyalar bir xil: agar idishlarda chizilgan rasm o‘chgan bo‘lsa, uni pensiyaga yuborish vaqti keldi. Agarda siniq paydo bo‘lsa, uni tashlab yuboring.

Idishlarni o‘rtacha 7 yilda bir marta almashtirish kerak.

Dahlizdagi gilamcha

Uyga kirganingizda sizni birinchi qarshi oladigan narsa. Bu buyum juda foydali: agar gilamcha bo‘lmasa, ko‘chadan kir va chang hech qanday to‘siqsiz xonalarga o‘tib ketar edi. Vaqt o‘tishi bilan gilam tashqi poyabzalga qaraganda ko‘proq xavfli bo‘lib qoladi. Uni muntazam tozalab turish kerak.

Gilamni har uch oyda almashtiring.

Uy shippagi

Oq tufli sotib olib, bir oy davomida kiyib yurib, tajriba o‘tkazing. Ikki hafta o‘tar-o‘tmas uni kiyishni xohlamasligingizga kafolat beramiz. Shu sababli uyda kiyadigan oyoq kiyimlarini tez-tez yuvish kerak. Shippakni har qanday holatda ham mehmonlar bilan bo‘lishmaslik, kiyish uchun hech kimga bermaslik zarur.

Shippakni 4-6 oyda almashtiring.

Plastik idishlar

Bu buyum juda qulay va ko‘p yillar xizmat qilishi mumkin. Ammo ular ma’lum vaqt o‘tgach, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqaradigan plastikdan yasalganligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari mikroto‘lqinli pechda bu jarayon yanada kuchayadi. Bu haqda shifokorlar allaqachon bir necha bor ogohlantirgan. Bunday idishlarda ovqat isitmasligingiz kerak.

Plastik idishlarda yoriq paydo bo‘lishi, ranglar o‘zgarishi uni yangilash vaqti kelganini anglatadi.

Hammom pardasi

Parda doimo namlik, suv cho‘kindisi, sovun qoldiqlari va teri zarralarini to‘playdi. Ehtiyotkor mutaxassislar pardani oyiga bir marta o‘zgartirishni maslahat beradi. Shuningdek, uni har uch oyda bir marta almashtirish ham mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют