» » Chempionlar Ligasi kelasi mavsum ham “sakkiz finalchi” formatida o‘tkaziladimi? UEFA prezidenti javob berdi

Chempionlar Ligasi kelasi mavsum ham “sakkiz finalchi” formatida o‘tkaziladimi? UEFA prezidenti javob berdi


UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Chempionlar Ligasining kelasi mavsumi ham “sakkiz finalchi” formatida o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Ushbu format qiziqarli bo‘lishi mumkin, ammo bu davom etadi deb o‘ylayman. Chunki taqvim juda tig‘iz va biz milliy ligalar haqida ham o‘ylashimiz kerak. Men tabiatan nekbinman va kelasi yilda hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Biz moslashyapmiz, lekin aminmanki, ushbu virus dunyoda abadiy qolmaydi. Bizda keyingi yil ham musobaqani xuddi shunday formatda o‘tkazish rejasi yo‘q.

Aleksander Cheferin, UEFA prezidenti

Qayd etish joiz, “sakkiz finalchi” formatida pley-offning har bir bosqichida ikki jamoa o‘rtasidagi bahs bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli Chempionlar Ligasining 2019/2020-yilgi mavsumi Lissabonda (Portugaliya) “sakkiz finalchi” formatida o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: UEFA prezidenti: Hatto Ikkinchi jahon urushi vaqtida ham futbol to‘xtab qolmagan edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют