» » O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi

O‘zbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 15-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlar va temiryo‘l qatnovlari boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahalliy aviaqatnovlar va temiryo‘l qatnovini tashkil etishda doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temiryo‘l qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temiryo‘l vagonlari (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish hamda havosini zararsizlantirish tizimini joriy etish choralari ko‘riladi.

Respublika maxsus komissiyasining 15-avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan 15-avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich poyezdlar harakati qayta tiklanadi.

Jumladan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdlari Toshkent—Samarqand—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 2 ta, Toshkent—Samarqand—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida 1 ta, shuningdek, Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.

Mahalliy yo‘nalishlarda avia qatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan 15-avgust sanasidan e’tiboran Toshkent—Nukus—Toshkent, Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent—Termiz—Toshkent yo‘nalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.

Yo‘lovchilardan poyezdlar va samolyotlar bortiga chiqishda, vokzal va aeroportlar hududida hamda yo‘l davomida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi.

Fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi kabi karantin cheklovlari 15-avgustdan keyin ham saqlanib qolinadi. Tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi. 10-iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi. Keyinroq karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 15-avgustdan keyin bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi (ro‘yxat)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют