» » Olimlar “Somon yo‘li” galaktikasining eng qadimiy “egizagini” aniqladi

Olimlar “Somon yo‘li” galaktikasining eng qadimiy “egizagini” aniqladi


Astronomlar shakli va o‘lchami jihatidan “Somon yo‘li”dek keladigan galaktikalar Katta portlashdan 1,4 milliard yil o‘tib paydo bo‘lgan degan xulosaga keldi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Nature ilmiy jurnalida chop etilgan.

Olimlar “Soatlar” yulduzlar turkumidan hozirga qadar eng qadimiy deb hisoblanayotgan obyektni — SPT0418-47 galaktikasini aniqlangan.

“Ushbu kashfiyot yaqin spiral galaktikalar va ‘Somon yo‘li’dagi xuddi shu kabi tuzilmalar 12 milliard yil oldin ham mavjud bo‘lganini ko‘rsatmoqda”, — deydi Mask Plank jamiyati Astrofizika instituti astronomlaridan biri Franchesko Rittso.

Mutaxassislarning hisoblashicha, koinotda dastlabki galaktikalar Katta portlashdan 300-400 million yil o‘tib paydo bo‘lgan. Bu vaqt davomida uning materiyasi yulduzlar paydo bo‘ladigan gazli sovuq bulutlar shakllanishi uchun yetarli bo‘lgan haroratga yetgan.

Ritsso hamda uning hamkasblari SPT0418-47’ni ALMA mikroto‘lqinli teleskopi yordamida kuzatgan. Ushbu galaktikadan yorug‘lik Yerga 12 milliard yildan ortiqroq vaqtdan beri kelmoqda. Shu sababli hozirda mutaxassislar uni Katta portlashdan taxminan 1,4 milliard yil o‘tgandan keyingi holatda ko‘rmoqda.

Olimlar SPT0418-47’ni undan yaqinroqda joylashgan boshqa galaktika sabab ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. U gravitatsion linza vazifasini bajargan. Astronomlar mashina o‘rganish usullari yordamida SPT0418-47’ning asl shaklini tiklagan: dastlabki suratlarda u deyarli ideal holatdagi halqa shaklida tasvirlangan.

Keyinroq esa, ushbu galaktika shakli barcha qadimiy galaktikalar singari “Somon yo‘li”nikiga o‘xshashligi ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir: Koinot paydo bo‘lishining butun tarixi 10 daqiqalik videoda ko‘rsatib berildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют