WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » O‘zbekistonda masjidlar soni 2071 taga yetdi
O‘zbekistonda masjidlar soni 2071 taga yetdi
O‘zbekiston bo‘ylab masjidlar soni 2071 taga yetdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2020-yil 12-avgust kuni Toshkent viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahri, “Evalak” MFY, Faxriylar ko‘chasi, 50-uyda joylashgan “Hilol” masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi.
Ta’kidlanishicha, shu kunga qadar 150 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan Olmaliq shahrida bitta masjid faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Mazkur masjid ochilishi bilan Toshkent viloyatidagi masjidlar soni 225 taga , Respublikadagi masjidlar soni esa 2071 taga yetadi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?