» » Sog‘liqni saqlash vazirligi rejadan tashqari bolalarni vaksinatsiya qilishni ko‘rib chiqmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi rejadan tashqari bolalarni vaksinatsiya qilishni ko‘rib chiqmoqda


O‘zbekistonda bolalar orasida gripp va pnevmoniyaga qarshi rejadan tashqari vaksinatsiyalarni amalga oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Onalik va reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Barno Abdusamatova “Shifobaxshuz” kanalida ma’lum qildi.

Barno Abdusamatovaning ma’lum qilishicha, bolalarni vaksinatsiya qilish kuz—qish mavsumida virusli kasalliklarning oldini olish va kasalliklarning kirib kelish darajasini pasaytirishga qaratilgan.

“Bolalar orasida gripp va pnevmoniyaga qarshi rejadan tashqari vaksinatsiyalarni amalga oshirish yo‘llarini Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘rib chiqmoqda. Bu ishlar kuz oylarida bajarish rejalashtirilgan”, – dedi mutaxassis.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z vaqtida vaksinalashni o‘tkazmagan ota-onalar bolalarning kasalliklar oldida zaif bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Milliy emlash kalendariga 13 ta kasalliklarga qarshi ishlab chiqilgan 10 ta vaksinalar kiritilgan. O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarilmaydi. Barcha vaksinalar import qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют