» » Ozbekistonda 90% ota-onalar vaksinatsiya tarafdori ekani malum boldi

Ozbekistonda 90% ota-onalar vaksinatsiya tarafdori ekani malum boldi


Sogliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi raisi orinbosari Ozbekistonda bolalarni emlashni ota-onalarning 92 % qollab-quvvatlashini elon qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Ayni damda Ozbekistonda 92 % ota-onalar bolalarni emlash kerak deb hisoblaydi. Qolgan ota-onalarning 8% vaksinalashga qarshi, ulardan 2% emlashga qarshi faol chiqishlar qilmoqda, deydi boshqarmasi raisi orinbosari Dilorom Tursunova.

Tursunovaning aytishiga kora, oz vaqtida vaksinalashni otkazmagan ota-onalar bolalarning kasalliklar oldida zaif bolishiga sababchi bolishi mumkin.

Bolalarni himoya qilishning eng yaxshi uslubi ularni milliy emlash kalendariga muvofiq vaksinatsiya qilishdir, deydi Sogliqni saqlash vazirligi vakili.

Vazirlik malumotiga kora, bugungi kunda milliy emlash kalendariga 13ta kasalliklarga qarshi ishlab chiqilgan 10 ta vaksinalar kiritilgan. Xususan, bolalarda oldini olish mumkin bolgan eng ommaviy poliomiyelit, difteriya, kokyotal (koklyush), qizamiq (kor), kokshol (stolbnyak) kasalliklariga qarshi vaksinalash 60 foizdan 99 foizgacha oshdi.

Shuningdek, Tursunova ushbu yilning oktabr oyida qiz bolalarni odam papillomasi virusiga qarshi vaksinatsiya qilish boshlanishini xabar qildi.

Aytish joizki, bugungi kunda Ozbekistonda vaksinalar ishlab chiqarilmaydi. Barcha vaksinalar import qilinadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-04-2019, 19:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -