» » Ozbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlarga uning boshqa turlaridan himoyalanish tavsiya etildi

Ozbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlarga uning boshqa turlaridan himoyalanish tavsiya etildi


Koronavirusdan tuzalib chiqqan bemorlar uning boshqa shtamm yoki turlarini yuqtirish ehtimoli boladi. Bu haqda AOKAda otgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Sevara Ubaydullayeva tomonidan malum qilingan.

Kasallanib tuzalgandan song immunitet hosil boladi, bu aniq. Lekin bugungi kunda koronavirus kasalligi kundan kunga mutatsiyaga uchrashi kuzatilmoqda. Dunyo olimlari, bizning olimlarimiz, shifokorlar nazorati ostida kasallik turli xil korinishda kechmoqda. Koronavirus mutatsiyaga uchrab shtammining ozgarishi organizmda kasallikning kechirib otkazilgan turiga nisbatan hosil bolgan immunitet keyingi shtammga nisbatan kamroq bolishi yoki himoyalanmagan bolishi mumkin, deydi mutaxassis.

Mavzuga doir:Ozbekistonda antitana tahlili otkazilib, aholining qancha qismida koronavirusga immunitet borligi aniqlanadi

Har bir kasallanib otgan odamlardan doimiy ravishda niqob taqilishi va ijtimoiy masofani saqlash talab etilishi takidlandi. Bu nafaqat koronavirusning bir shtammi yoki keyingi turiga, balki boshqa infeksiyalarni yuqtirishning oldi olinishida yordam beradi.

Shuningdek, shtab azosi dunyo olimlari taxminlarga asoslanib kuz va qish oylarida koronavirus mutatsiyaga uchrab ota xavfli korinishda otishi mumkinligini belgilab, ogohlantirib kelayotganini bildirdi.

Eslatib otamiz, avvalroqSanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov koronavirus asoratlari haqida malumot bergan. Unga kora,infeksiyaning ogir shakli bilan kasallangan bemorlarda tromboemboliya, tromboz, opka arteriyasi tromboemboliyasi yoki otkir koronar yetishmovchilik kabi ozgarishlar natijasida bazi bemorlarda opka hayotiy sigimining 20-30foizga kamayishi, alveolalar devorlarida biriktiruvchi toqimaning yuzaga kelishi tufayli kasallikdan song opka fibrozi kuzatilishi mumkinligi, bu esa hansirash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib kelishini aytgan.Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab tizimida ham patologik ozgarishlar yuzaga kelishimumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (14-08-2020, 18:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -