» » “Zuleyha” va “Qora niyat”ning yangi mavsumi qachon boshlanadi? Turk seriallari suratga olish maydonchasidan so‘nggi yangiliklar

“Zuleyha” va “Qora niyat”ning yangi mavsumi qachon boshlanadi? Turk seriallari suratga olish maydonchasidan so‘nggi yangiliklar


Turk kinoijodkorlari tomoshabin va muxlislar karantinda zerikib qolmasligi uchun bir-biridan qiziqarli va kutilmagan sujetga asoslangan seriallarni suratga olishda davom etmoqda. Quyida ular bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.

“To‘g‘on”

Mart oyida ekran yuzini ko‘rgan serialning keyingi qismlarini suratga olish jarayonlari mavjud karantin sabab to‘xtatilgandi. Ma’lum qilinishicha, suratga olish jarayonlari boshlab yuborilgan va birinchi fragmentlar tayyor. Muxlislar tez orada yangi qismlarni tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

“Chuqur”

Muxlislar qalbidan joy olgan serialning uzoq kutilgan navbatdagi fasli, 16-avgustda start oladi. Unga qadar esa filmning fragmentini tomosha qilish mumkin.

“Zumrad qaqnus”

Mazkur serialning yangi fasli 12-sentabrdan boshlab namoyish etiladi.

“Mariya va Mustafo”

Birinchi fragmenti tayyor bo‘lgan serialning suratga olish jarayoni davom etmoqda. Serial sujeti obro‘li turk xonadoni farzandi bo‘lgan Mustafoning, Yevropadan Kapadokyaga ekskursiya uchun kelgan Mariya ismli qizni sevib qolishi va oilasining turli e’tiqod sabab turmush qurishiga to‘sqinlik qilishiga asoslangan.

“Ramo”

Suratga olish maydonchasi Adanadan Istanbulga ko‘chirilgan mazkur serialning yangi fasli ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etishga tayyor.

“Zuleyha”

Ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘lgan serialning yangi faslini suratga olish ishlari boshlab yuborilgan. “Zuleyha” haftaning payshanba kuni efirga uzatiladi.

“Yangi hayot”

''Kim bu adam?'' #YeniHayat, yak?nda #KanalD'de ba?l?yor! @yenihayatdizisi pic.twitter.com/iz1TR8UWZl

— Kanal D (@KanalD) February 26, 2020

Suratga olish jarayoni faol davom etayotgan serialning fragmenti muxlislarga havola qilindi.

“Qora niyat”

7-sentabr kuni serial to‘rtinchi faslining ilk qismini tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют