» » Tokioda ikki kun ichida 14 kishi issiq havo harorati sabab vafot etdi

Tokioda ikki kun ichida 14 kishi issiq havo harorati sabab vafot etdi


Tokioda 11 va 12-avgust kunlari kuzatilgan issiq ob-havo oqibatida kamida 14 kishi vafot etgan. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanaliga tayanib “TASS” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, marhumlarning to‘qqiztasi 80 yoshdan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra hammasi bo‘lib, avgust oyida 26 ta Tokio aholisi jazirama issiqda vafot etdi.

Yaponiyada Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Tez yordam xizmati vazifasini bajaruvchi Umumiy yong‘in boshqarmasi 3-dan 9-avgustgacha bo‘lgan davrda mamlakatda o‘nlab odam qurbon bo‘lgani va 6,6 ming kishi issiqlik sabab tez yordamga murojaat qilgani haqida xabar qildi.

Shu munosabat bilan, Yaponiya hukumati fuqarolarni issiq kunlarda sog‘lig‘ini diqqat bilan kuzatib borish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirib, ularni ko‘proq suyuqlik ichishga undagan.

Shu hafta Yaponiyada yozning eng issiq vaqti kuzatilmoqda. Ba’zi joylarda havo harorati kunduzi 38 darajadan oshmoqda. Gunma markaziy prefekturasida 11-avgust kuni havo harorati kunduzi 40,1 darajaga qadar ko‘tarilgan.

Yaponiyadagi eng issiq ob-havo davri iyul—avgust oylarida sodir bo‘ladi, ammo ketma-ket ikkinchi yil iyul oyida ko‘proq bulutli va yomg‘irli havo bo‘ldi. 2019-yili jazirama paytida 126 kishi halok bo‘lgan, 70 mingdan ortiq kishi zarar ko‘rgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют