» » Olimlar koronavirusni radiatsiya bilan davolashni taklif qildi

Olimlar koronavirusni radiatsiya bilan davolashni taklif qildi


AQSh va Kanada olimlari koronavirus infeksiyasini nur terapiyasi bilan davolash mumkin degan fikrda. Rossiyalik mutaxassislar esa bu usulning xavfsiz ekaniga shubha bildirmoqda.

Kanadadagi Jyek Adi onkologiya markazi tibbiy fizika bolimi mutaxassislarining takidlashicha, kichik dozadagi rentgen nurlari koronavirus infeksiyasining asorati hisoblanuvchi pnevmoniyaga qarshi yordam berishi mumkin. XX asr boshida pnevmoniyani rentgen nurlari bilan davolash oddiy hol bolgan, degan tadqiqot mualliflari.

Qayd etilishicha, ilmiy tadqiqotlar nurlanishning kichik dozalari yalliglanishga qarshi samaraga egaligini korsatgan. Mutaxassislarning fikricha, nur terapiyani qollash koronavirusdan olim darajasini kamaytirishi, radiatsiyaning kichik dozalarda qollanishi esa odatda bunday davolashda yuzaga keladigan nojoya toksikologik tasirlarning oldini olishga yordam beradi.

AQShdagi Emori universitetining Saraton tadqiqotlari instituti ilmiy guruhi koronavirus infeksiyasi va pnevmoniyaga chalingan bemorlarda nur terapiyani sinab korgan. Tadqiqot doirasida 10 bemor opkasi kichik dozalarda nurlantirilgan. Yana 10 bemor nur terapiyasiz davolangan. Natijada nurlangan bemorlar 3 kunda, oddiy usulda davolanganlar esa 12 kunda sogaygan. Tadqiqot mualliflari nur terapiya bemorlarga toksik tasir qilmaganini takidlagan.

Oz navbatida Rossiyaning N.N.Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Irina Lebedenkoning bildirishicha, koronavirusdan radiatsiya bilan davolash yetarlicha tadqiq qilinmagan. U nurlanishning kichik dozalari ham saraton keltirib chiqarishini eslatib otgan va infeksiyaga qarshi kurashishning boshqa xavfsiz usullarini izlashga chaqirgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusni quyosh nuri bilan davolashni taklif qilgandi.Bir necha shifokorlar CNNga quyosh nuri koronavirus uchun davolash vositasi bololmasligini bildirgan. Shifokorlar Trampning quyosh nuri bilan davolanish haqidagi taklifi mantiqqa togri kelmasligi haqida ogohlantirgan. Quyosh nurida davolanishga urinish kuyish, teri saratoni yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Eslatib otamiz, virusga qarshi dori vositalarini testdan otkazish jarayonida faqatgina RemdesivirCOVID-19ga qarshi umid uygotuvchi natjalarni korsatgan. Rossiyadakoronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina royxatga olindi. Putin uning samarali ekanligini takidlagan.Roszdravnadzor rahbari orinbosari Valentina Kosenko ushbuvaksina bilan bir necha yuzlab kongillilar emlangani va ularda vaksinaga nisbatan jiddiy nojoya tasirlar kuzatilmaganini bildirgan. Biroq Rossiyaning Fontanka nashri ushbu vaksinasi togrisidagi Gamaleya markazining hisoboti bilantanishib chiqibU Putin aytganidek umidliga oxshamayapti, degan xulosaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-08-2020, 06:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -