» » Telegram Android’lar uchun videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushirdi

Telegram Android’lar uchun videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushirdi


Telegram Android operatsion tizimi uchun videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda messenjer blogida ma’lum qilingan.

iOS egalari qo‘ng‘iroqlar funksiyasidan ilovaning tegishli yangilanishi AppStore moderatorlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Videoqo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun foydalanuvchi profilidagi kamera belgisining ustiga bosish kerak.

“To‘g‘ridan to‘g‘ri ovozli qo‘ng‘iroqlardan videoqo‘ng‘iroqlarga o‘tish, shuningdek, qo‘ng‘iroqni yakunlamay chatlarda yozishish mumkin: uni ekran burchagidagi kichik oynaga chiqarib qo‘ysa bo‘ladi”, — deyiladi blogda.

Telegram guruhli videoqo‘ng‘iroqlarni “yaqin oylar ichida” ishga tushirishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oxirlarida Telegram’ning 6.3 beta-versiyasida suhbatdoshlar bilan videoqo‘ng‘iroq orqali suhbatlashish imkoniyati paydo bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют