» » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni 5 mingdan kamaydi

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni 5 mingdan kamaydi


O‘zbekistonda 15-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 528 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Kun davomida hozirgacha 511 kishida koronavirus aniqlandi:

15-avgustda Toshkent shahrida 2 nafar, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan bemor vafot etgani xabar qilindi. SSV hisobi bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 225 nafarga yetdi, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra, kasallik asoratlari oqibatida 234 kishi vafot etgan.

15-avgust soat 17:00 gacha 667 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 29 328 nafarga yetdi. Davolanish ko‘rsatkichi 84,9 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni 4975 nafarni tashkil etmoqda. Oxirgi 35 kun ichida birinchi marta davolanayotganlar soni 5000 nafardan kamaydi. 11-iyul holatiga ko‘ra, koronavirusdan davolanayotganlar soni 4733 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 12-iyulda davolanishdagi bemorlar soni 5085 nafarga yetgandi. 29-iyulga kelib bemorlar soni 9500 dan oshib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют