» » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni oxirgi bir oydagi minimumga tushdi

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni oxirgi bir oydagi minimumga tushdi


O‘zbekistonda 14-avgust soat 17:00 gacha koronavirusga chalinganlar 498 kishiga oshib, kasallanganlarning umumiy soni 33821 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Kun davomida hozirgacha 612 nafar bemor tuzaldi. Koronavirusdan tuzalganlarning umumiy soni 27825 nafarga yetdi. Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.

“Hozirda mamlakatimizda 5776 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar oxirgi 31 kun ichidagi minimumga tushdi. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 15-iyul kunidagi bemorlar sonidan (o‘sha kuni 5855 nafar bemor davolanayotgandi) ham kamaydi.

SSV 14-avgust kuni Toshkent shahrida 4 nafar erkak vafot etgani haqida xabar berdi. Vazirlik hisobi bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar soni 220 nafarga yetdi, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra kasallik asoratlari oqibatida vafot etganlar 229 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют