» » Habib Nurmagomedov Sen-Pyerga qarshi ehtimoliy jangi haqida: “UFC yaqin o‘n yillar ichida boshqa bunday jang tashkil qila olmaydi”

Habib Nurmagomedov Sen-Pyerga qarshi ehtimoliy jangi haqida: “UFC yaqin o‘n yillar ichida boshqa bunday jang tashkil qila olmaydi”


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik yakkakurashchi Jorj Sen-Pyerga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi.

Bu otamning orzusidagi jang, biroq vaqt o‘tyapti, Jorj yaqinda 40 ga kiradi. Sen-Pyer bu jang bo‘lish yoki bo‘lmasligi haqida bir qarorga kelishi kerak. Agar oktabrdagi Getji qarshi jangimda hammasi yaxshi o‘tsa, u bilan aprel oyida, Ramazondan avval jang qilsam mukammal ish bo‘lardi.

Men bu jangni xohlayapman, bu UFC’ga ham qiziq. Ular Getjiga qarshi jangim yaxshi o‘tadigan bo‘lsa, Sen-Pyer bilan muzokaralar o‘tkazilishini aytdi.

U so‘nggi bor 2007-yilda mag‘lubiyatga uchragan, men esa faoliyatimni 2008-yilda boshlaganman. Ikkimiznikini qo‘shganda 25 yillik mag‘lubiyatsiz seriya bo‘ladi. UFC yaqin o‘n yil ichida qaytib bunday jang tashkil qila oladi deb o‘ylamayman.

Habib Nurmagomedov, UFC chempioni

Qayd etish joiz, Habib Nurmagomedov avvalroq Jastin Getjidan so‘ng aynan Jorj Sen-Pyer bilan jang qilmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Jorj Sen-Pyer 2019-yilning fevral oyida rasmiy ravishda MMA’dagi faoliyatini yakunlagan. Sen-Pyer umumiy hisobda 28 ta jang o‘tkazib, shulardan 26 tasida g‘alaba (8 ta nokaut) qozongan, 2 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют