» » O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 58-o‘ringa chiqib oldi

O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 58-o‘ringa chiqib oldi


Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 15-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 34 528 nafarga yetganini xabar qildi.

O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 58-o‘rinda turgan Ozarbayjonni quvib o‘tdi. 15-avgust holatiga ko‘ra, Ozarbayjonda 34 018 nafar bemor ro‘yxatga olingan.

Ozarbayjonda hozirda bemorlarning 31 490 nafari (92,6 foizi) sog‘aygan bo‘lsa, 2024 nafari davolanishni davom ettirmoqda. 504 kishi (1,5 foizi) esa COVID-19 qurboni bo‘lgan.

O‘zbekistonda esa SSV ma’lumotlari bo‘yicha, koronavirusga chalingan 34 528 kishidan 29 328 nafari (85 foizi) sog‘aygan. 4975 nafar (14,4 foiz) bemor davolanayotgan bo‘lsa, 225 kishi (0,6 foiz) vafot etgan.

O‘zbekistondan yuqoriroqda Afg‘oniston (57-o‘rin — 37 550 kishida koronavirus qayd etilgan), Jazoir (56-o‘rin — 37 664) va Shveysariya (55-o‘rin — 37 924) bormoqda.

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni hozirda 21,24 milliondan ortiq. Ro‘yxatning dastlabki uchligida borayotgan AQSh (5,31 million bemor), Braziliya (3,27 million) va Hindiston (2,52 million) hisobiga dunyodagi barcha kasallanish holatlarining 52 foizi to‘g‘ri kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют